Butun mehmonxonangizni bitta panel orqali boshqaring
Bronlar, xonalar, moliya, restoran, ombor va xodimlar — hammasi bitta tizimda, real vaqtda. Excel jadvallari va bir-biriga ulanmagan dasturlar bilan xayrlashing.
- 15+ modul
- O'zbek, rus, ingliz tili
- Kompyuter, planshet, telefon
Bitta tizimda
- Resepshn
- Xonalar
- Housekeeping
- Narx kalendari
- Folio va hisob-fakturalar
- Kassa
- Restoran POS
- Oshxona
- Ombor
- Channel manager
- Saytdan bron
- Mehmon portali
- Mehmonlar va kompaniyalar
- Xodimlar
- Davomat
- Hisobotlar
- Rollar va ruxsatlar
0+
Bitta tizimdagi modullar
0
Biznes yo'nalishlari
0
Interfeys tillari
∞
Bitta hisobda filiallar
Mehmonxonaning haqiqiy ishi uchun yaratilgan
Barcha modullar bitta mehmonlar, xonalar va hisobotlar bazasida ishlaydi — ma'lumotni qayta kiritish va yo'qotish yo'q.
Real vaqtdagi boshqaruv paneli
Bandlik, daromad, kelish-ketishlar, restoran savdosi va oshxona tannarxi — hammasi bir qarashda, doim yangilangan holda.
Bir nechta filial
Barcha mehmonxona va filiallaringizni bitta hisobdan boshqaring, ular orasida bir bosishda almashing.
Avtomatik davomat
Hikvision terminallari ulanadi: xodim yuz, karta yoki barmoq izi bilan kirib-chiqqanda vaqt o'zi tabelga tushadi.
3 til va qorong'i rejim
Interfeys o'zbek, rus va ingliz tillarida. Kunduzgi va tungi smenalar uchun yorug' va qorong'i rejim.
Istalgan qurilmada
Brauzerda, planshetda yoki telefonda ishlaydi. O'rnatish shart emas, xohlasangiz ilova sifatida qo'shib olasiz.
Sotuv kanallari bitta joyda
Xonalar va narxlarni bron platformalari bilan sinxronlang, mehmonlar esa to'g'ridan-to'g'ri saytingizdan ham bron qilsin.
Faqat keragini yoqing
Modullar mehmonxonangizga qarab yoqiladi: kichik mehmon uyi ham, restoranli katta kurort ham ortiqcha narsasiz ishlaydi.
Smartel WelcomeTez orada
Doimiy mijozni yuzidan taniymiz
Qabulxona tepasidagi kamera kelgan mehmonni yuzidan taniydi va bazadan topadi: necha marta kelgani, qaysi xonani yoqtirgani, odatda necha kecha qolgani. Resepshn hech narsa so'ramaydi — odatiy xona va muddat tayyor, bron bir bosishda.
- Yuzidan taniydi
- Tashriflar tarixi
- Yoqtirgan xonasi
- Bir bosishda bron
Faqat mehmon roziligi bilan ishlaydi
Smartel Vision
Kamera nazorati — o'g'irlikka yo'l yo'q
Zal shiftidagi kameralar har bir eshikni nazorat qiladi. Kim, qachon va necha kishi kirib-chiqqani tizimdagi bronlar bilan real vaqtda solishtiriladi — tizimda bo'sh xonaga odam kirsa, bu darhol ko'rinadi.
- Kim kirdi
- Necha kishi
- Qachon kirdi-chiqdi
- Kim joylashtirdi
Ruxsatsiz kirishda rahbarga darhol xabar boradi
Mehmonxonaning har bir jarayoni qamrab olingan
Resepshndan oshxonagacha — yo'nalishni tanlang va nimalar qila olishingizni ko'ring.
Resepshn va bronlar
Mehmonni kutib olishdan kuzatib qo'yishgacha bo'lgan hamma narsa bitta oynada.
- Xonalar bo'yicha bronlar kalendari (timeline)
- Bir bosishda check-in va check-out
- Har bir bronning to'liq o'zgarishlar tarixi
- Mehmonlar va kompaniyalar bazasi (CRM)
- Mehmon uchun shaxsiy portal havolasi
Amalda qanday ishlaydi
Kechki kelish
Mehmon 23:40 da keldi. Resepshn bronni timeline'dan topadi, pasportni telefon kamerasi bilan skanerlaydi — maydonlar o'zi to'ladi, check-in bir daqiqada tugaydi.
Bron o'zgardi
Mehmon bir kun ko'proq qolmoqchi yoki boshqa xona so'radi. Sanani surasiz yoki bronni boshqa xonaga ko'chirasiz — kim, qachon, nimani o'zgartirgani tarixda qoladi.
Mehmon uyidan mehmonxonalar tarmog'igacha
Modullar sizning formatingizga qarab yoqiladi — ortiqcha narsa yo'q.
Shahar mehmonxonasi
Resepshn, narx kalendari, saytdan bron va kassa — kundalik oqim uchun hammasi.
- Resepshn
- Narx kalendari
- Saytdan bron
- Kassa
Restoranli mehmonxona va kurort
Restoran POS, oshxona tannarxi va ombor mehmon hisobi bilan bog'langan.
- Restoran POS
- Oshxona
- Ombor
- Folio va hisob-fakturalar
Mehmon uyi va mini-mehmonxona
Sodda boshlang: xonalar, bronlar va to'lovlar. Kerak bo'lganda modul qo'shasiz.
- Xonalar
- Resepshn
- Kassa
Hostel
Ko'p mehmon, tez almashinuv: check-in/out, housekeeping va kassa bitta ekranda.
- Resepshn
- Housekeeping
- Kassa
Mehmonxonalar tarmog'i
Barcha filiallar bitta hisobda, ular orasida bir bosishda almashasiz.
- Hisobotlar
- Rollar va ruxsatlar
- Xodimlar
Ma'lumotlaringiz nazoratingizda
Kim nimani ko'rishi va nimani o'zgartirganini siz hal qilasiz.
Rollar bo'yicha kirish
Har bir xodim faqat o'ziga ochilgan bo'limlarni ko'radi va ishlata oladi.
O'zgarishlar tarixi
Bron bo'yicha har bir o'zgarish kim va qachon qilgani bilan saqlanadi.
Har bir tashkilot alohida
Mehmonxonangiz ma'lumotlari boshqa tashkilotlardan to'liq ajratilgan.
Shifrlangan ulanish
Brauzer va server orasidagi barcha ma'lumot HTTPS orqali shifrlanadi.
Siz ishlatadigan xizmatlar bilan
Bir qismi hozir ishlaydi, qolganlari ustida ishlayapmiz — holati ochiq ko'rsatilgan.
- NextTripBron platformasiIshlaydi
- ChannexKanal menejeriIshlaydi
- Google Hotel AdsMeta-qidiruvIshlaydi
- O'z saytingizSaytdan bronIshlaydi
Smartel
Hammasi bitta tizimda
- CSVImport va eksportIshlaydi
- Soliq.uzFiskal chekIshlaydi
- E-MehmonMehmonlarni ro'yxatga olishIshlaydi
- TelegramMehmonga xabarlarIshlaydi
- HikvisionKamera va davomatIshlaydi
- CSVImport va eksportIshlaydi
Tez orada
- Booking.comBron platformasi
- ExpediaBron platformasi
- AirbnbBron platformasi
- AgodaBron platformasi
- OstrovokBron platformasi
- Trip.comBron platformasi
- HostelworldBron platformasi
- WebBedsBron platformasi
- Hotel TraderBron platformasi
- HeyTripBron platformasi
- TraviaBron platformasi
- HotelREZBron platformasi
- Glamping HubBron platformasi
- HipcampBron platformasi
- OutReserveBron platformasi
- PaymeOnlayn to'lov
- ClickOnlayn to'lov
- UzumOnlayn to'lov
3 qadamda ishga tushiring
Murakkab o'rnatish ham, server ham kerak emas.
Ulaning
Mehmonxonangiz uchun hisob ochamiz va kerakli modullarni yoqamiz.
Sozlang
Xonalar, narxlar, xodimlar va ularning rollarini kiriting.
Boshqaring
Bronlar, to'lovlar va hisobotlar — hammasi bitta panelda, real vaqtda.
Faqat xonalaringiz uchun to'laysiz
Xona boshiga oylik narx. Xonalar sonini kiriting va jami summani darhol ko'ring.
Start
Kichik mehmonxona va mehmon uyi uchun asosiy boshqaruv.
20 ta xona uchun
$20/ oy
Modullar
- Resepshn
- Xonalar
- Housekeeping
- Narx kalendari
- Folio va hisob-fakturalar
- Kassa
- Mehmonlar va kompaniyalar
- Hisobotlar
- Rollar va ruxsatlar
- Channel managertarifga kirmaydi
- Saytdan brontarifga kirmaydi
- Mehmon portalitarifga kirmaydi
- Xodimlartarifga kirmaydi
- Davomattarifga kirmaydi
- Restoran POStarifga kirmaydi
- Oshxonatarifga kirmaydi
- Ombortarifga kirmaydi
Pro
OmmabopOnlayn sotuv va xodimlar boshqaruvi bilan to'liq mehmonxona.
20 ta xona uchun
$30/ oy
Modullar
- Resepshn
- Xonalar
- Housekeeping
- Narx kalendari
- Folio va hisob-fakturalar
- Kassa
- Mehmonlar va kompaniyalar
- Hisobotlar
- Rollar va ruxsatlar
- Channel manager
- Saytdan bron
- Mehmon portali
- Xodimlar
- Davomat
- Restoran POStarifga kirmaydi
- Oshxonatarifga kirmaydi
- Ombortarifga kirmaydi
Max
Restoran, oshxona va ombori bor mehmonxona va kurortlar uchun.
20 ta xona uchun
$50/ oy
Modullar
- Resepshn
- Xonalar
- Housekeeping
- Narx kalendari
- Folio va hisob-fakturalar
- Kassa
- Mehmonlar va kompaniyalar
- Hisobotlar
- Rollar va ruxsatlar
- Channel manager
- Saytdan bron
- Mehmon portali
- Xodimlar
- Davomat
- Restoran POS
- Oshxona
- Ombor
- Tarifga kirmagan modul — xona boshiga oyiga +$0,5
- Yillik to'lovda 12 oy o'rniga 10 oy uchun to'laysiz
Mehmonxona egalari uchun foydali maqolalar
PMS tanlash, bandlikni oshirish va restoran nazorati bo'yicha amaliy qo'llanmalar.
Ko'p beriladigan savollar
Ma'lumotlarim xavfsizmi?
Har bir xodim faqat o'ziga ruxsat berilgan bo'limlarni ko'radi va ishlata oladi. Bronlar bo'yicha har bir o'zgarish kim va qachon qilgani bilan tarixda saqlanadi.
Bir nechta mehmonxona yoki filialni boshqarsa bo'ladimi?
Ha. Barcha filiallar bitta hisobda, ular orasida bir bosishda almashasiz. Xodimlarga faqat o'z filiallariga kirish huquqini berish mumkin.
Tizim qaysi tillarda ishlaydi?
O'zbek, rus va ingliz tillarida. Tilni istalgan vaqtda almashtirish mumkin, shuningdek yorug' va qorong'i rejim bor.
Booking.com va boshqa platformalar bilan ulanadimi?
Hozir channel manager xonalar va narxlarni NextTrip bilan sinxronlaydi. Booking.com va Expedia ulanishi ustida ishlayapmiz. Bundan tashqari, saytingizga to'g'ridan-to'g'ri bron modulini qo'yishingiz mumkin.
Telefon yoki planshetda ishlaydimi?
Ha. Smartel brauzerda ishlaydi, shuning uchun kompyuter, planshet va telefonda ochiladi. Xohlasangiz ilova sifatida bosh ekranga qo'shib olishingiz mumkin.
Faqat kerakli modullardan foydalansa bo'ladimi?
Ha. Modullar har bir mehmonxona uchun alohida yoqiladi — masalan, restoraningiz bo'lmasa, POS va oshxona modullari sizni chalg'itmaydi.
Mavjud ma'lumotlarni ko'chirsa bo'ladimi?
Ha. Xonalar va mehmonlar bazasini CSV fayldan import qilasiz. Xonalar, mehmonlar va bronlarni istalgan vaqtda CSV'ga eksport qilib olasiz.
To'lovlarni qanday qabul qilaman?
Naqd, karta va bank o'tkazmasi orqali to'lovlar folio va kassada hisobga olinadi, smena yopilishida qoldiq solishtiriladi. Payme, Click va Uzum orqali onlayn to'lov tez orada qo'shiladi.
Xodimlar davomati qanday hisoblanadi?
Hikvision terminallari ulanadi: xodim yuz, karta yoki barmoq izi bilan kirib-chiqqanda vaqt avtomatik davomat jadvaliga tushadi.
Narxi qancha?
Xona boshiga oyiga: Start — $1, Pro — $1.5, Max — $2.5. Yillik to'lovda 2 oy bepul. Tarifga kirmagan modulni alohida, xona boshiga oyiga $0.5 dan qo'shishingiz mumkin.
Tizimni mehmonxonangiz misolida ko'rsatamiz
Yozing yoki qo'ng'iroq qiling — demo o'tkazamiz va savollaringizga javob beramiz.
Savolingiz bormi?
Qo'ng'iroq qiling yoki yozing — tizimni ulash, sozlash va ma'lumotlarni ko'chirishda yordam beramiz.
Mehmonxonangizni yangi darajaga olib chiqing
Smartel hisobingizga kiring va hammasini bitta paneldan boshqaring.